TANLOV
BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Oziq-ovqat xavfsizligi: Global va milliy muammolar» (Food Security: Global and national Problems)” mavzusidagi IV xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman doirasida “Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha eng yaxshi innovasion tadqiqot ishi” tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovda oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatura va magistraturasida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Talaba va magistrlar “Oziq-ovqat xavfsizligi: Global va milliy muammolar» (Food Security: Global and national Problems)” mavzusidagi IV xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman axborot xati asosida yakka mualliflikda materiallar tayyorlashib, dasturiy qoʻmitaga yuborishadi va toʻgʻridan-toʻgʻri tanlov ishtirokchisiga aylanadi.
Tanlovga taqdim etilgan materiallar tashkiliy va dasturiy qoʻmita a'zolari orasidan tanlangan tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va gʻoliblar aniqlanadi.
Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-oʻrin (bitta) – BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning esdalik nishoni, 1 mln soʻm miqdoridagi pul mukofoti.
2-oʻrin (ikkita) – BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning esdalik nishoni, 500 ming soʻm miqdoridagi pul mukofoti.
3-oʻrin (uchta) – BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning esdalik nishoni, 300 ming soʻm miqdoridagi pul mukofoti.
Shu bilan bir qatorda, tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Klasterlar uyushmasining maxsus mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Qoʻshimcha ma'lumotlar boʻyicha konferensiya dasturiy qoʻmitasi (B.S.Alikulov, +99897-3988717, balikulov87@gmail.com)ga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlov shartlari bilan http://conffsgmp.samdu.uz/ saytida tanishish ham mumkin.