AXBOROT XATI

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

 

XALQARO MIQYOSDAGI  ILMIY-AMALIY ANJUMAN

AXBOROT XATI

Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Garvard universiteti meditsina kolleji (AQSh),  Oltoy davlat universiteti (Rossiya), Quad-I A’zam universiteti (Pokiston), Boshqirdiston davlat universiteti (Rossiya), Sankt-Peterburg politexnika universiteti Biotibbiyot tizimlari va biotexnologiyalari instituti (Rossiya)  va L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti hujayra biologiyasi va biotexnologiya instituti (Qozog‘iston) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200 qarori 9-bandida belgilangan topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirining 2024 yil 18-yanvardagi 16-sonli buyrug‘iga asosan «Oziq-ovqat xavfsizligi: Global va milliy muammolar» (Food Security: Global and national Problems)” mavzusida VI xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etiladi. Ilmiy-amaliy anjuman 2024-yilning 14-15 oktyabr kunlari  Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo institutida o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy anjuman quyidagi sho‘balarda o‘tkaziladi:

1.       Oziq ovqat xavfsizligida bioxilma-xillikning o’rni

  • Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish;
  • Hayvon dunyosini xilma-xilligini asrash va undan ratsional foytalanish;
  • Antropogen tranformatsiya va hayvonot dunyosinining muhofaza qilish muammolari;
  • Nodir va noyob hayvonlarni alohida muhofaza qilish hududlarini tashkil qilish;
  • Osimliklar dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish;
  • Yaylovlar, pichanzorlardan samarali va oqilona foydalanish;
  • Ziravor, dorivor oziq-ovqatbob va texnik o’simliklardan oziq-ovqat mahsulotlarni ishlab chiqarishda samarali  foydalanish;

2.       Oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini taminlashda biologiyaning orni

  • Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning fiziologik va agrotexnologik asoslari
  • Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash;
  • Qishloq xo‘jaligi  ekinlarini yetishtirishning innavatsion usullari;
  • Qishloq xo‘jaligi  ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish;
  •    Qishloq xo‘jaligida  agrobiznes va agrologistika muhitini takomillashtirish;

3.       Oziq-ovqat xavfsizligi biotexnologiyasi va genetikasi

  • Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash biotexnologiyasi;
  • Oziq-ovqat chiqindilarini qayta ishlash  va ozuqalar biotexnologiyasi;
  • Oziq-ovqat qiymatini oshirish biotexnologiyasi;
  • Oziq-ovqat sanoatida hujayra va gen muhandisligidan foydalanish istiqbollari;
  • Oziq-ovqat sanoatida zamonaviy genetika va seleksiyaning roli;

4. Ovqatlanish va oziqlanish xavfsizligi.

  • Ovqat hazmi tizimi va hazm jarayonlari;
  • Tabiiy maxsulotlar asosida oziq-ovqat maxsulotlari sifatini oshirish;
  • Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizlik ko‘rsatkichlari;
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash;
  • Hayvonlarni oziqlantirishda ozuqaviy qo’shimchalardan foydalanish istiqbollari;
  • Qishloq xo’jaligida ozuqa bazasini mustahkamlash;

5. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda kimyoviy tadqiqotlar.

  • Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda noorganik moddalar va materiallar;
  • Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda analitik usullar;
  • Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda organik moddalar va materiallar;
  • Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda kimyoviy texnologiya yutuqlari;
  • Oziq-ovqat sanoatida fizik-kimyoviy tadqiqotlar;

Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz

 Maqola matni to‘liq 3 varaqda bo‘ladi, elektron shakli (MS Word 97-2003, Times New Roman, ), varaq o‘lchami: 210 x297 mm (A4 - format), rasm (sxema, grafik) larning o‘lchamlari 6x9 sm dan oshmasligi kerak. Matn chegarasi o‘lchami: yuqori va pastdan – 2,0 sm, chapdan – 3,0 sm, o‘ngdan – 1,5 sm qilib rasmiylashtirilishi lozim. Matn 14 o‘lchamdagi shriftda yoziladi, interval 1,5 bo‘ladi.

Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilib, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi, otasining ismini bosh harflari keltirilib va familiyasi to‘liq yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot (ish yoki o‘qish joyi) va davlat (shahar) nomi, bosh muallifning elektron pochtasi ko‘rsatiladi, so‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi, material oxirida adabiyotlar ro‘yxati umumqabul qilingan qoidalar asosida beriladi.

Materiallarda o‘zbek (o‘zbek tilidagi maqolalar lotin alifbosida bo‘lishi lozim), rus va ingliz tillarida rezyume hamda kalit so‘zlarini keltirish talab etiladi;

To‘plamga kiritiladigan materiallar mazmuni va ularning to‘g‘riligiga mualliflar javobgar.

Talablarga javob bermaydigan materiallar qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Maqolalar taqrizga beriladi, taqrizdan o‘tmagan maqola anjuman dasturiga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarib berilmaydi.

Materiallarni qabul qilishning oxirgi muddati 2024 yil 10 sentyabr (ko‘rsatilgan sanadan so‘ng materiallar qabul qilinmaydi).

Anjuman materiallari ilmiy to‘plam shaklida chop etiladi.

Anjumanga taqdim etilgan va dolzarb deb baholanob tanlangan maʼruzalar antiplagiat dasturi va taqrizdan ijobiy oʼtgandan soʼng, Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda nashr etiladi.

Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish – bepul.

 

Tashkiliy qo'mita kotibi:

Kuziyev Mirzohid Sadulloevich

conffsgmp@gmail.com

+99894 287-4326

 

Maqolalarni sho‘balar bo‘yicha qabul qilishga mas'ullar:

 

Shoba

Mas’ulning F.I.Sh.

e-mail

Boglanish uchun telefon va telegramma

1

Hamzayev Rafiq Azimovich

Hasanov Murtoza Abduvalievich

xamzayev1988@mail.ru

xasanovm77@mail.ru

 +998939965812

        +998906028503

 +998905058077

2

Xujanov Alisher Nuraliyevich

alisher_khujanov@samdu.uz

plant_2018@mail.ru

 +998996370418

3

Xasanov Normat Saydulaevich

normatxasanov@gmail.com

 +998973965065

4

Bozorov Baxritdin Maxammadievich

baxritdin-bazarov@rambler.ru

 +99897-9277505

5

Ernazarova Samida Shamsiddinovna

samida.ernazarova@gmail.com

+99894 669 3910

 

Manzil: 140104, O'zbekiston Respublikasi, Samarqand shahar, Universitet xiyoboni 15.

Konferensiya xabarnomasini http://conffsgmp.samdu.uz/ saytidan ham olish mumkin.

 

TEZISLARNI TAYYORLASH UCHUN NAMUNA

 

ADIR YERLARDA IRRIGATSIYA EROZIYASIGA QARShI SUV TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASh

D.I.Raxmonov*, M.S. Mavlonov

Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent sh., O'zbekiston

*e-mail: raxmanovd@mail.ru

 

Аннотация…………………..

Ключевые слова………………..

Annotation. ....................................

Key words. .....................................

 

Matn matn matn .................................................................................................................

 

Adabiyotlar:

1.

2.

 

TO'LIQ MAQOLANI TAYYORLASH UCHUN SHABLON

Maqola shabloni